Isroil harbiy-havo kuchlari 5-may, payshanbaga o‘tar kechasi G‘azo sektoridagi to‘rtta nishonga zarba berdi. Bu haqda mamlakat mudofaa armiyasi ma’lum qildi, deb xabar beradi “Interfaks”.
“Isroil harbiylariga nisbatan davom etayotgan hujumlarga javoban Isroil mudofaa armiyasi samolyoti G‘azo sektori shimolidagi HAMAS terrorchilik infratuzilmasiga mansub to‘rtta nishonga zarba berdi”, — deyiladi mazkur xabarda.
Isroil hududi o‘qqa tutilishiga javoban 4-may kuni ham G‘azo sektori janubidagi beshta nishonga zarba berilgandi.