5-mayning qiziqarli yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Ixtiro chet elga sotilmaydi, o‘qishga va patentga esa pul yo‘q: elektromobil yaratgan andijonlik yigit haqida. Yosh ixtirochining so‘zariga ko‘ra, u o‘zi yaratgan “Qaldirg‘och” elektromobilini Andijon shahrida har kuni minib yuradi.
2. AQSh armiyasi kapitani IShIDga qarshi kurash tufayli Obamani sudga berdi. Hozirgi paytda Maykl Smit Kuvaytda bo‘lib, u da’vo kiritganligiga qaramasdan, Suriya va Iroqda IShID jangarilariga qarshi kurashish g‘oyasini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan.
3. Xitoyda 31 ta barmoq bilan tug‘ilgan bolakayning ota-onasi operatsiya uchun mablag‘ qidirmoqda. Bolakayning qo‘lida 15, oyog‘ida esa 16 ta barmoq bor.
4. AQShda jarrohdan yaxshiroq operatsiya qiladigan robot ishlab chiqildi. Robot mijoz organizmini yaxshiroq farqlay olishi uchun unga flyuoressent biomarkerlar qo‘shilgan.
5. Mirabror Usmonov: Jahon chempionatiga chiqish vaqti keldi. O‘FF prezidenti Mirabror Usmonov “Sport” telekanaliga intervyu berdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.