Dunyodagi eng yirik onlayn-riteylerlardan biri, AQShdan tashqari Yevropa, Xitoy, Yaponiya, Braziliya va Kanadada ishlaydigan Amazon kompaniyasi bo‘linmasi — Amazon Business korporativ maydonchasi bir yillik faoliyati davomida 1 milliard dollardan oshiq tushumga ega bo‘ldi. Bu haqda kompaniya vitse-prezidenti Prestin Uilson ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Mijozlarimiz orasida bemorlarga o‘yinchoqlar xarid qiladigan shifokorlar ham, san’at asarlari sotib oladigan biznesmenlar ham bor”, — deya ta’kidlagan Uilson.
Amazon Business bir yil mobaynida har oyda salkam 20 foizga o‘sib borgan. Maydonchada tuzilgan bitimlar biznesning turli yo‘nalishlariga oid bo‘lib, printer uchun tonerdan tortib, qor tozalagich va laboratoriya jihozlarigacha o‘z ichiga oladi.