AQShda eng kam sotiladigan avtomobillar ro‘yxati e’lon qilindi
Honda Insight gibrid xetchbeki AQShda 2015-yili eng kam sotilgan avtomobillar ro‘yxatini boshqardi. Bu haqda Motor xabar bermoqda.
24/7 Wall St. nashri ekspertlari Kelley Blue Book avtomobil e’lonlari sayti tomonidan tayyorlangan sotuvlar statistikasi, shuningdek, ishlab chiqaruvchilarning o‘zi har oyda taqdim etadigan ma’lumotlarni tahlil etdi. Mashinalarni antireytingga kiritish uchun o‘tgan yili 2014-yilga nisbatan sotuv hajmining pasayishi va avtomobillar omborda turib qolgan kunlarning o‘rtacha soni asos qilib olindi.
AQShda eng ommaviylashmagan mashinalar ro‘yxatidan Cadillac’ning uchta (ELR, ATS, CTS), Honda (Insight, Crosstour), Fiat (500L, 500) va Hyundai’ning (Azera, Equus) ikkitadan avtomobili kiritildi.