Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkiyaning Somondog‘ shahrida yashovchi 111 yoshli Foyiqiya Soker uzoq umr ko‘rish sirlari bilan o‘rtoqlashdi. 1904-yilda tug‘ilgan ayolning sakkiz farzandi, 120 nabirasi va bir qancha evarasi bor. U bolaligini juda yaxshi eslaydi, deb xabar beradi Mirror nashri.

Foto: Mirror

Foto: Mirror

Uzoq yillar akusher bo‘lib ishlagan Sokerning ahvolidan bugun nafaqat qarindoshlari, balki qo‘ni-qo‘shnilari va tanishlari ham boxabar bo‘lib turadi. Uning ta’kidlashicha, uzoq umr ko‘rish uchun sog‘lom ovqatlanish va ko‘proq kulish kifoya.

“Xudodan uzoq umr bergani uchun minnatdorman. Bu ne’mat barchaga ato etiladi degan umiddaman. Yoshlarga ovqat va alkogol masalasida o‘zlarini tiyishni tavsiya qilaman. Va, albatta, ko‘proq kulish kerak”, — deydi keksa ayol.

Soker xonimning nabirasi — 42 yoshli Xanifining aytishicha, buvisi tirik afsonaga aylanib ulgurgan.

“Qariganimda unday bo‘lishni xohlayman. Buvim o‘zini juda yaxshi his qiladi va o‘ziga xos hazilkashligini yo‘qotmagan”, — deydi u.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Abdulla Aripov Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni partiya kotibi bilan uchrashdi
Turkmaniston
Turkmaniston Arqadag‘ shahri loyihasini BMT Bosh assambleyasida taqdim etadi
Dunyo
Fransiya prezidentini ijtimoiy tarmoqda haqorat qilgan ayol hibsga olindi