14 yosh va undan kichik yaponiyaliklar soni bu borada tadqiqotlar olib borilayotgan 1950-yildan beri eng minimal ulushni tashkil etdi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar va kommunikatsiyalar vazirligi manbalariga tayanib, “Mayniti” nashri ma’lum qildi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 2016-yil 1-aprel holatiga ko‘ra bolalar soni 16,05 millionni (ulardan 8,22 millioni o‘g‘il bola, 7,82 millioni esa qiz bola), aholi tarkibida esa 12,6 foizni tashkil etdi.
Gazetaning ma’lum qilishicha, Yaponiyada bolalar sonini kamayishi mutloq ko‘rsatkichlarda qatorasiga 35, foiz hisobida esa 42-yil kuzatilmoqda. Bu raqamlar Yaponiyada 5-may kuni nishonlanadigan “Bolalar kuni” arafasida e’lon qilindi.
Izoh (0)