Xitoyning “Tyanshi” korporatsiyasi prezidenti Li Szinyuan o‘z korxonalarida ishlovchi 2,5 ming xodimni dam olish uchun bir haftaga Ispaniyaga olib keldi. Bu haqda, ABC’ga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
O‘z xodimlarining ommaviy hordig‘iga magnat 7 million yevro sarfladi. Ular uchun mehmonxonalarda 1650 ta xona va 70 ta avtobus band qilindi. Shuningdek, ularga to‘rtta AVA tezyurar poyezdlari xizmat ko‘rsatadi.
4-may kuni ishchilar 20 dan ortiq reys bilan Madridning Baraxas aeroportiga kelib tushadi. Ular 8-maygacha Madridda, 8–10-may orasida esa Barselonada bo‘ladi.
Haftalik dastur Madriddagi qirollik saroyiga ekskursiyani, Barselonadagi Muqaddas oila bazilikasiga va Toledo shahriga safarni, korrida hamda shoppingni o‘z ichiga oladi.
2015-yil mayida Li Szinyuan 6,4 ming xodimini Fransiyaga to‘rt kunlik sayohatga olib borgan edi. Bunga magnat 33 million yevro sarflagan edi.
Izoh (0)