• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12712.05
    • RUB161.1
    • EUR14524.79
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    O‘limi o‘g‘lini Angliyaning eng yaxshi futbolchisiga aylantirgan Ahmad Mahrez tarixi

    Politsiya bilan to‘qnashuvlar, futbol maydoni o‘rniga loy va tosh hamda haqiqiy qashshoqlik — Eurosport Angliyaning eng yaxshi futbolchisining boshdan kechirganlari haqida.

    Foto: Eurosport

    Foto: Eurosport

    Kasalxona karavotida o‘rta yoshlardagi erkak yotibdi. Uning tomog‘iga quvurcha ulangan, tomirlariga ignalar sanchilgan. Oldida charchagan qiyofali ayol va ikki ozg‘in o‘smir turibdi. Kardiomonitor jazoirlik muhojirning so‘nggi yurak urishlarini ko‘rsatmoqda. Karavot suyanchig‘idagi kasallik tarixida shifokorning aji-buji yozuvlari bilan shunday qayd bitilgan: “Ahmad Mahrez. Infarkt. Koma holatida”.

    Ahmad taqdirdan qochib qutula olmadi — undagi kabi yurak bilan uzoq yashash amalda imkonsiz edi. Biroq, u 30 yildan ortiqroq — Tlemsen (Jazoir) shahridagi shifokorlar 23 yoshli yigitga uning yuragi tez orada o‘chishi va mamlakatda unga yordam bera oladigan birorta ham shifokor yo‘qligini aytganidan keyin ham yashadi. Jazoirda unga kerakli uskuna shunchaki yo‘q edi. Uyga qaytarkan, Mahrez o‘z ona qishlog‘i al-Madinaga boshqa ko‘z bilan qaradi. U qishloq jamoasi tarkibida Jazoirning professional klublariga qarshi to‘p surgan maydon, yigitda matematikaga bo‘lgan muhabbatni uyg‘otib, uning muhandislik institutiga kirishiga sababchi bo‘lgan maktab yonidan ohista o‘tarkan, bolalik yillari ko‘z oldida tasvirlandi. Ahmad buyumlarini yig‘ishga tushdi. Cho‘ntagida Parijga chipta, bag‘rida esa, hasta yurak bilan yonma-yon umid bor edi.

    Riyoz Mahrezning otasi Ahmad Mahrez. Foto: Eurosport

    Riyoz Mahrezning otasi Ahmad Mahrez. Foto: Eurosport

    Ahmad Parij chekkasidagi 58 ming kishi istiqomat qiladigan Sarsel dahasiga yetib olguniga qadar, Fransiya poytaxtini avtobus oynasidan tomosha qildi. Afrikaning haroratli quyoshi ostida jilolangan qishloq ishsiz muhojirlarga to‘la tushkun ko‘p qavatli uylar bilan almashdi. Bu ishsizlar doim norozi, ularning mamlakatini asrlar bo‘yi qiynab kelayotgani va ularni qashshoqlikda qoldirgani uchun Fransiya hukumatini yomon ko‘rar, Sarselda kechani kecha, kunduzni kunduz demay daydilar, giyohvandlar va bezorilarni izlab yuruvchi politsiyachilarni ko‘rgani ko‘zi yo‘q edi. Ahmad Jazoirning mustaqilligi uchun urush yillari voyaga yetgan, biroq namoyish va tartibsizliklarda biror marta qatnashmagan edi. Mahrez faqat algebraga qiziqardi.

    Mahrez Fransiyadagi yangi hayotdan zavq ola boshladi: shahar xizmatidagi muhandis-elektrik ishi barqaror daromad keltirar, mahalliy havaskorlar jamoasi esa harakatchan yarim himoyachini jon deb o‘z safiga qabul qilgan, televizordan Pyer Rishar quvnoqlik ulashar, ko‘ksida esa yangi kardiostimulyatorli yurak urib turardi. Marselning “Olimpik” klubini esa Ahmad bir ko‘rishdayoq yoqtirib qoldi. Mahrezni Fransiyaga kelishi “Olimpik”ning yulduzlik onlariga to‘g‘ri kelgan, shu sababli, jamoa o‘yinlaridan ilhomlangan Ahmad bir kun kelib farzandlari shu klub libosida to‘p surishini niyat qiladi.

    Ahmad Mahrez — yuqori qatorda chapdan ikkinchi. Foto: Eurosport

    Ahmad Mahrez — yuqori qatorda chapdan ikkinchi. Foto: Eurosport

    80-yillarning o‘rtalarida Ahmad marokashlik Soliha bilan tanishib, tez orada u bilan oila qurdi. 1991-yili esa ularning ikki o‘g‘li — to‘ng‘ich Vohid va yangi tug‘ilgan Riyoz bor edi. Biroq kichik Mahrez sakkizga to‘lganida, Ahmad va Solihaning nikohiga darz ketdi. Bolalar onasi bilan qoldi, ota esa qo‘shni uyga ko‘chib o‘tgani bilan, vaqtini muntazam bolalar bilan o‘tkazdi. Aka-ukalar hech kimdan kam o‘smasligi uchun, Soliha arzimas chaqa evaziga Parij poliklinikasiga farrosh sifatida ishga kirdi. Ota va ona poytaxtda ishlar, ishga borish-kelish yo‘lida soatlab vaqt yo‘qotardi. Bu vaqtda esa aka-ukalar Fransiyaning eng kriminal va qashshoq dahalaridan birida voyaga yetdi — Sarsel hozir ham giyohvandlik, qotilliklar, tartibsizliklar va politsiya bilan to‘qnashuvlar soni bo‘yicha reytinglarda yetakchilik qiladi. Dahaning 25 foiz aholisi yahudiylar, shuningdek, bu yerda ko‘plab falastinliklar ham istiqomat qiladi, bu esa dahadagi yoshlar orasida ishsizlik darajasi 40 foizga teng ekani bilan qorishib, dahshatli portlovchi holatni yuzaga keltiradi.

    Mahrezlar uyi. Foto: Eurpsport

    Mahrezlar uyi. Foto: Eurpsport

    Otasi kabi, Riyoz ham hech qachon jinoyatchilar olamiga kirmadi, biroq bu odamlar birga katta bo‘ldi, ularni ko‘chada ko‘rdi, ular bilan birga futbol o‘ynadi. Balki, politsiya mashinalarini yoqib yuborganlardan birortasi Nelson Mandela nomli sport markazida “Lester”ning bo‘lajak yulduzi bilan birga shug‘ullangan chiqar. Aynan shu markazda Riyoz Mahrez sportdagi ilk qadamlarini tashlagan edi. Mahalliy to‘garak uning uchun klub akademiyasi o‘rnini bosdi. Riyoz aqlbovar qilmas darajada iqtidorli va tirishqoq, biroq hayotda unga omad juda kulib boqqan. Gap shundaki, Mandela markazi asosan chempion suzuvchi va karatechilarni tayyorlashi bilan mashhur. Bu yerda Fransiya markaziy qismidagi eng zich departament — Val-d’Uazaning eng katta basseyni joylashgan; suzish bo‘yicha Fransiya olimpiya termasi aynan shu yerda tayyorgarlik ko‘radi, Sarselning karate seksiyasi esa 2006-yili butun Fransiya bo‘yicha eng yaxshi, deb tan olingan. Markazning faqat to‘rt tarbiyalanuvchisi professional futbolda muvaffaqiyat qozongan: Jan-Manuel Tatis “Marsel” va “Sevilya”da o‘ynab keta olgan, Sedrik Sabin bir xovuch fransuz klublarida o‘ynagan, Turkiya va AQShga safar qilgan, Filipp Kristanval esa “Barselona”da porlagan. Kataloniyaliklarning sobiq himoyachisi 2000-yillarning oxirida markazga yangi sun’iy qoplamali maydon sovg‘a qilgan. Shunday ekan, tuproq va tosh aralash taqir maydonda shug‘ullanishga majbur bo‘lgan Mahrezning bu to‘rtlik orasiga kirishda ham omadi chopgan.

    Futbol to‘garagiga 15 yildan beri Muhammad Kulibali rahbarlik qiladi. Murabbiy o‘z tarbiyalanuvchilariga nisbatan juda talabchan va Ahmad 12 yoshli Riyozni uning qo‘liga topshirganida, qotma bolakayning fintlari Kulibalini hayratda qoldirmagan. Mahrez professional faoliyat haqida o‘ylamas va to‘pni shunchaki ko‘ngilxushlik uchun tepardi. Biroq tepishdan tinmasdi. Akasi Vohid ham futbolni yoqtirar, biroq qizlarni va ular bilan qovoqxonaga borishni undan ham ko‘proq ma’qul ko‘rardi. Yo‘lda ko‘pincha ukasini uchratar, Riyoz esa hatto mashg‘ulotlardan keyin ham asfalt maydonda kattalar bilan futbol o‘ynashga shaylanib turardi. Agar hovlida futbol bo‘lmasa, bolakay shunchaki to‘pni devorga tepish bilan vaqt o‘tkazardi.

    Riyoz Mahrez akasi Vohid bilan. Foto: Eurosport

    Riyoz Mahrez akasi Vohid bilan. Foto: Eurosport

    Riyozning tengdoshlari giyohvandlikka berilgan, o‘g‘irlik va bosqinchiliklar uchun qo‘lga tushgan, o‘ng kayfiyatdagi yashirin tashkilotlar safiga kirayotgan bir vaqtda, Mahrez hech narsa haqida o‘ylamay, faqat to‘p tepardi. Bu holat uch yil — onasi bolalarining qo‘lidan olib, shifoxonaga olib ketmagunicha davom etdi: hasta yurak 54 yoshli Ahmadni baribir yiqitgan edi. Katta Mahrez hushiga kelmay, vafot etdi. Sarseldagi butun hayoti davomida u futbolchini voyaga yetkazish haqida orzu qilgan edi. Keyinchalik Riyoz aynan otasining o‘limi uni professional futbolchi bo‘lishga undaganini bir necha bor ta’kidlagan. Biroq bechora elektrik uning o‘g‘li qanday qilib tongga qadar shug‘ullanganini, tushunarsiz klublarning o‘yinlarini tomosha qilib o‘tirganini, qanday qilib “Lester”da paydo bo‘lib qolganini, ingliz qizga uylanganini va Premyer-liganing eng yaxshi futbolchisiga aylanganini ko‘ra olmadi.

    Palatadagi kardiomonitorning cho‘ziq chiyillashi Ahmadning hayotidagi so‘nggi ovoz bo‘ldi. Biroq har qanday ota o‘g‘lining orzusi ro‘yobi uchun hayotini ham bergan bo‘lardi. Mahrezlar oilasida xuddi shunday bo‘lib chiqdi.

    02.05.2016, 14:54   Izoh (0)   14569
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tayson Fyuri Vladimir Klichko bilan revansh jangidan so‘ng karyerasini yakunlaydi

    02.05.2016, 10:49

    Suriyalik qochoqlar oilasidan chiqqan qizcha Braziliyada olimpiada mash’ali estafetasida qatnashadi

    02.05.2016, 10:37

    Yetti karra olimpiadachi. Oksana Chusovitina qanday qilib 40 yoshida ham faoliyatini davom ettirmoqda?

    29.04.2016, 19:28

    Yekaterinburgda futbol bo‘yicha JCh—2018 gacha qolgan vaqtni hisoblaydigan soat o‘rnatiladi

    28.04.2016, 18:39

    Rossiya sport vaziri: Mariya Sharapovaning doping namunalaridagi meldoniy ruxsat berilgan me’yorlardan oshiq

    28.04.2016, 11:29

    Ronaldu tana hujayralari bilan davolanadi, “Sosyedad” bilan o‘ynamaydi va “Man Siti” bilan javob uchrashuvini o‘tkazib yuborishi mumkin

    28.04.2016, 11:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    Xavfsiz shoping: Octobank raqamli xavfsizlik qoidalari haqida


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Sun’iy intellekt vositalari va NVIDIA RTX 50: yangilangan ASUS ProArt P16 nimalarni o‘z ichiga oladi?


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Endokrinolog holsizlik xavfli belgi bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi

    Layfstayl | 10 iyun, 12:00

    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda

    Reklama | 10 iyun, 12:00

    Luka Modrich 2 kun oldin qayd etilgan rekordni yangiladi

    Sport | 10 iyun, 11:55

    Garvardning 12 mingdan ortiq bitiruvchisi universitetni qo‘llash uchun birlashdi

    Dunyo | 10 iyun, 11:53

    Bolgariya prezidenti O‘zbekistonda rasmiy kutib olindi (foto)

    O‘zbekiston | 10 iyun, 11:44

    G‘azodagi yordam punktida aholi yana o‘qqa tutildi. Qurbonlar bor

    Dunyo | 10 iyun, 11:35

    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi

    Reklama | 10 iyun, 10:30

    Sanepidqo‘m yangi xavfli virus tarqalgani haqidagi xabarlarni rad etdi

    O‘zbekiston | 10 iyun, 11:30

    Sarvqomatlik siri: birgina oddiy qoida ortiqcha vazndan xalos etadi

    Layfstayl | 10 iyun, 11:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.