Kolumbiya Peruda eng ko‘p qidirilayotganlar ro‘yxatida bo‘lgan narkobaron Gerson Galvesni deportatsiya qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar beradi.
“Chig‘anoq” laqabli Galves Kolumbiya politsiyasi tomonidan Medelyindagi savdo markazida qo‘lga olingan edi.
Mansabdorlarning ma’lum qilishicha, uning kerakli hujjatlari bo‘lmaganligi uchun Peruga 24 soat ichida yuborildi.
Galves Peruning Kalyao portida kokain bilan savdo qiluvchi jinoiy to‘dani tashkil etishda ayblanmoqda. Uning jinoiy guruhi ushbu hududdagi ko‘p sonli qotilliklarga aloqador. Galves bu ayblovlarni rad etdi.
“Aybsizlik prezumpsiyasiga huquqim bor. Ular meni yonimdan hech narsa (giyohvandlik vositalari) topishmadi”, — dedi Galves.
Izoh (0)