Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov Rossiya maxsus xizmatlari aloqa operatorlariga bosim o‘tkazib, muxolifatchilarning yozishmalariga daxl qilganini ta’kidladi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Ilgariroq jamoatchilik faoli Oleg Kozlovskiy va Korrupsiyaga qarshi kurash jamg‘armasi xodimi Georgiy Alburov Telegram’dagi akkauntlari hujumga uchragani, SMS-xabarlar qabuli esa o‘chirib qo‘yilganidan noligan edi. Durov buni maxsus xizmatlarning xatti-harakatlari bilan izohladi.
“Xulosa: RF maxsus xizmatlari, aftidan, aloqa operatorlariga bosim o‘tkazib, tasdiqlash SMS-kodlarini tutishga majbur qila boshlagan. Odatda bunday ish o‘z mavqeini o‘ylamaydigan qoloq rejimlarda kuzatiladi. Ammo bu kutilmaganda Rossiyada ro‘y berdi”, — dedi Durov.
Izoh (0)