Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

AQSh prezidenti Barak Obama sobiq davlat kotibi Hillari Klintonni hazil tariqasida o‘zining vorisi deb atadi. Bu haqda u 30-aprel, shanba kuni Oq uyda akkreditatsiyadan o‘tgan muxbirlar uyushmasining an’anaviy kechki ziyofati chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

Foto: EPA

Foto: EPA

“Kelgusi yili bu yerda, o‘rnimda kimdir bo‘ladi va bu ayolning kimligini taxmin qilish mumkin”, — deya shama qildi kelgusi yil yanvarida prezidentlik muddati yakunlanadigan Obama. Sobiq birinchi xonim prezidentlik poygasida ishtirok etayotgan yagona ayol bo‘lib turibdi.

AQSh prezidenti yana bir nomzod — Donald Trampni ham nazardan chetda qoldirmadi. “Respublikachilar prezident bo‘lish uchun unda tashqi siyosat bobida tajriba yetarli emasligi haqida gapirishadi. Adolat nuqtai nazaridan e’tirof etish kerakki, u o‘tgan yillar davomida dunyo yetakchilaridan ko‘pi bilan uchrashgan. Masalan, Shvetsiya go‘zali, Argentina go‘zali, Ozarbayjon go‘zali va hokazo”, — deb kinoya qildi Obama.

Ma’lumot uchun, Donald Tramp 1952-yildan beri o‘tkazib kelinadigan “Koinot go‘zali” tanlovining egasi hisoblanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi