Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Telegram yaratuvchisi Pavel Durov messenjerni sotish haqida hech qachon muzokaralar olib bormagani va bunday muzokaralarni boshlash niyati ham yo‘qligini ma’lum qildi, deb yozadi Meduza. Shu tariqa, u “Sekret firmi” jurnalining Google Telegram’ni sotib olishga qiziqish bildirgani va Durov kompaniya bosh direktori Sundar Pichai bilan 2015-yil mayida uchrashgani haqidagi xabarlarini rad etdi.

Foto: Fortune

Foto: Fortune

“Sekret firmi” xabaridan Fortune jurnali iqtibos keltirdi. Durov Fortune “past sifatli blog”dan olingan xabarga ishongani uchun taajjub bildirdi.

Fortune xabarida “RBK” nashriga ham havola berilgan bo‘lib, Google Telegram’ni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqqani, ammo Amerika kompaniyasining taklifi Durovni qoniqtirmagani aytiladi. “RBK” tilga olinishiga javoban, Durov ushbu postga izoh yozdi va “axborot manbalarini tekshiradigan Rossiyadagi yagona ishonchli OAV ‘Vedomosti’ ekanligi”ni ta’kidladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Onlayn firibgarlik: fishing nima va undan qanday himoyalanish kerak?
Dunyo
Harbiy xizmatdan bosh tortganlik uchun 10 yilgacha qamoq: Putin safarbarlik yuzasidan qonun imzoladi
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak