Suriyaning Halab shahrida joylashgan Rossiya bosh konsulligi binosi minomyotlardan o‘qqa tutildi. Bu haqda, RF TIV matbuot xizmatiga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Muassasa hududiga bitta mina kelib tushdi, uchta mina panjara oldida portladi. Qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q; yetkazilgan moddiy zarar ayni paytda hisob-kitob qilinmoqda.
Halabdagi diplomatik missiya faoliyati 2013-yil yanvarida to‘xtatilgan edi. Xodimlarning bir qismi evakuatsiya qilingan, bir qismi Damashqqa o‘tkazilgandi. Bosh konsullik hududida tartib saqlab turish Suriya fuqarolaridan tuzilgan texnik personal zimmasiga yuklangan.
Izoh (0)