KXDR 28-aprel kuni kechasi o‘rtacha radiusda harakatlanuvchi ballistik raketani yana muvaffaqiyatsiz uchirdi, u havoda portlab ketdi. Bu haqda, Koreya Respublikasi Milliy mudofaa vazirligi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
“Shimoliy Koreya bugun, 28-aprel kuni 19:26 da Vonsan shahri hududidan yana bir ballistik raketani muvaffaqiyatsiz uchirdi. Bu o‘rtacha uzoqlikka uchuvchi ‘Musudan’ raketasi bo‘lishi mumkin”, — deb ta’kidlanadi vazirlik xabarida. Ma’lum qilinishicha, raketa uchirilgandan keyin havoda portlab ketgan.
Janubiy Koreya Mudofaa vazirligining ma’lumotlariga qaraganda, KXDR avvalroq tonggi 06:40 da Vonsan shahrining chekka qismidan ballistik raketa uchirgan. U uchirilgandan bir necha daqiqa o‘tib yerga qulab tushgan.
Izoh (0)