Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Rossiyalik tennischi Mariya Sharapovaning doping namunalaridagi meldoniy miqdori ruxsat berilgan me’yorlardan ortiq. Bu haqda mamlakat sport vaziri Vitaliy Mutko ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

Foto: EPA

Foto: EPA

“Mariya bilan bog‘liq masala murakkabroq. Murakkabligi shundaki, uning doping namunalaridagi konsentratsiya me’yordan oshiq. Mariya shifokor tavsiyasiga ko‘ra, dorini bir necha yillar davomida qabul qilib kelgan. Jazodan qutulib qolish mumkinmi yoki yo‘qligini oldindan bashorat qilmoqchi emasman. Biz faqat uning sportga qaytishini istaymiz”, — deb ta’kidlagan Mutko “Match TV” telekanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq meldoniy qabul qilgani aniqlangan Mariya Sharapova barcha musobaqalardan chetlatilgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Sharqiy Quddusda keskinlik avjiga chiqmoqda (video)
Mahalliy
Ayol dasturchilar uchun mukofoti 8 000 dollarlik xakatonga arizalar qabuli boshlandi
Mahalliy
Narxi 16 ming dollar, vazni 200 kilogrammdan oshadi – “Naslli qo‘chqorlar ko‘rgazmasi”dan reportaj