Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyalik tennischi, dunyoning eng boy ayol sportchisi Mariya Sharapova Los-Anjelesdagi maxsus matbuot anjumani chog‘ida 2016-yilgi Avstraliya ochiq chempionatidan undan olingan namunalarda man etilgan dori — meldoniy topilganini tan oldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Foto: AFP

Foto: AFP

Sharapovaning advokati Jon Xeggerti mazkur vaziyatga oydinlik kiritdi.

“Mariya bu dorini 10 yil davomida qonuniy va oshkora qabul qilib kelgan. Mildronatni Mariyadagi madorsizlik sabablarini aniqlab berishi kerak bo‘lgan testlardan so‘ng shifokor tavsiya etgan. U mijozimda ijobiy bo‘lmagan elektr kardiogramma, qand kasaliga moyillik, magniyning past darajasi va immun tanqisligini aniqladi. Shifokor barcha dorilarni tekshirib ko‘rdi, ular o‘sha payt ‘qora ro‘yxat’da bo‘lmagan. Dorilar Sharapova kortga qaytishiga yordam berdi, sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolardan qutulish yoki sezilarli ravishda kamaytirish imkonini berdi. Afsuski, 1-yanvarda mildronat taqiqlangan dorilar qatoriga kiritildi. Man etilgan narsa yanvarda 25 kun davomida uning vujudida bo‘lgan, xolos”, — deya ta’kidlagan Xeggerti.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) rossiyalik sportchi 12-martdan boshlab barcha musobaqalardan chetlatilishini ma’lum qildi. The Telegraph jurnalisti Oliver Braunning bildirishicha, Sharapova meldoniyni qasddan qabul qilgani aniqlansa to‘rt, mabodo bilmasdan foydalangan bo‘lsa, ikki yilga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Prava”ni yangisiga almashtirib beradigan onlayn xizmat faoliyatida nosozlik kuzatilmoqda
Mahalliy
O‘zbekistonda gaz zapravkalar qayta ochilishi kutilmoqda
Dunyo
Rossiya Belarusga yangi harbiy qismlar joylashtirdi — Ukraina chegara xizmati