Politsiya Kabo-Verdedagi kazarmada 11 kishini o‘ldirishda gumonlanayotgan harbiy xizmatchini hibsga oldi. Bu haqda, AP agentligi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
22 yoshli gumonlanuvchi mamlakat poytaxti Praya shahrining chekka qismida qo‘lga olindi.
26-aprel, chorshanba kuni politsiya Kabo-Verdedagi kazarmada sakkiz nafar harbiy xizmatchi va uch nafar fuqaro, jumladan, Ispaniyaning ikki nafar fuqarosi jasadini topgan edi.
Mamlakat hukumati qotillikka harbiy xizmatchining shaxsiy vajlari sabab bo‘lganligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)