Yevropa Chempionlar Ligasi doirasida Germaniyaning “Bavariya” klubini birinchi bor mag‘lub etgan “Atletiko” bosh murabbiyi Diyego Simeone yarim final o‘yini haqida fikr bildirdi.
“Ajoyib o‘yin. Hamma qilayotganiga ishondi va olqishga sazovor darajada ishladi. Javob o‘yini ham xuddi shunday ajoyib bo‘ladi”, — deb Diyego Simeonening so‘zlaridan iqtibos keltirdi UEFAning Twitter’dagi rasmiy akkaunti.
“‘Bavariya’ning har bir o‘zgarishi raqib kuchiga kuch qo‘shaverdi. Biroq ular bir qator imkoniyatlardan foydalana olishmadi”, — deb aytib o‘tgan Diyego Simeone.
UEFA rasmiy saytida keltirilishicha, Diyego Simeone boshqaruvida “Atletiko” o‘z maydonida 17 ta o‘yin o‘tkazib, shularning 13 tasida zafar quchgan va 3 ta o‘yinda durang qayd etilgan. 14 ta bellashuvda “Atletiko” o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yubormagan.
Izoh (0)