Buxoro neft va gaz sanoati kasb-hunar kollejida Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi ko‘magida ikkita elektron ta’lim kabineti ochildi. 28-aprel kuni bo‘lib o‘tgan ochilish marosimida Buxoro shahar hokimi Valijon O‘rinov, shuningdek, “Lukoyl O‘zbekiston Opereyting Kompani”, “O‘zbekneftgaz” va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
“Bunday o‘quv xonalarining, shu jumladan, ‘Lukoyl’ kompaniyasi hisobidan jihozlangan elektron ta’lim kabinetining ochilishi Buxoro neft-gaz kolleji hamda ‘Lukoyl O‘zbekiston Opereyting Kompani’ o‘rtasidagi hamkorlikning faol bosqichini boshlab beradi”, — dedi marosim chog‘ida kollej direktori Malikjon Murodov.
“Lukoyl” tashkiliy rivojlanish va karyerani boshqarish departamenti boshlig‘i Yuriy Pixtovnikovning so‘zlariga qaraganda, kompaniya kollejni Qandim gazni qayta ishlash majmuasiga personal yetkazib beruvchi muassasa sifatida ko‘rmoqda.
Kabinetlar ochilishi qatorida kollejda “Lukoyl O‘zbekiston Opereyting Kompani” ishchilarining va talabalarning GQIM uchun personal tayyorlashga qaratilgan ta’lim kurslari boshlandi.
Izoh (0)