Madridning “Real” klubi hujumchisi Xese “Manchester Siti”ga qarshi o‘yinda jarohat olib, safdan chiqdi. Bu haqda “Chempionat” xabar berdi.
Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finalidan joy olgan “Manchester Siti”ga qarshi o‘yinda madridliklarning yana bir hujumchisi Karim Benzema oyog‘ida og‘riq sezgani uchun ikkinchi bo‘lim oldidan almashtirilgandi. Ispaniya chempionatining 34-turida jarohat olgan Krishtianu Ronaldu esa “Manchester Siti”ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi.
“Real” Ispaniya La Ligasining 36-turini 30-aprel kuni “Real Sosyedad” maydonida o‘tkazadi. Bellashuv oldidan esa klubning uch nafar hujumchisi — Ronaldu, Benzema hamda Xeseda jarohat bor. Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finalining javob o‘yini esa 4-may kuni bo‘lib o‘tadi. Mazkur bellashuvlarga qadar hujumchilar tiklanib ulguradimi yoki yo‘q, bu haqda aniq ma’lumot berilmagan.
Izoh (0)