Qirg‘iziston parlamentining yangi spikeri Chiniboy Tursunbekov o‘zi egallagan yangi lavozimda jamoatchilik va OAV bilan ochiq hamkorlik qilishni ko‘zlayotganini bildirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Men hamisha muloqot va hamkorlik uchun ochiqman. Buning tasdig‘i o‘laroq bu lavozimga chiqqanimdan keyin ham telefon raqamimni o‘zgartirmayman”, — dedi u jurnalistlar bilan suhbatda.
Yashirin ovoz berish jarayonida parlamentda ko‘pchilikni tashkil etuvchi koalitsiya yetakchisi Tursunbekov Jo‘qorg‘i Kenesh spikeri etib saylandi. Bir palatali parlamentdagi 120 deputatdan 88 nafari unga ovoz berdi; uning asosiy raqibi — Is’hoq Masaliyev 26 ta ovoz to‘pladi.
Shu paytgacha Tursunbekov Sotsial-demokratik partiya fraksiyasining yetakchisi edi; yangi yetakchi fraksiya a’zolari tomonidan keyinroq saylanadi.
Izoh (0)