Eron harbiy-havo kuchlarining qiruvchi samolyoti 27-aprel, chorshanba kuni mamlakatning markaziy qismida halokatga uchradi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Hodisa F-7 samolyoti ekipaji Isfahon viloyatidagi aviabazadan mashg‘ulot parvozi uchun ko‘kka ko‘tarilganda ro‘y bergan. Uchuvchi va uning yordamchisi katapulta yordamida omon qolgan.
Aviahalokatga texnik nosozliklar sabab bo‘lishi mumkinligi bildirilmoqda.
Izoh (0)