Janubiy Afrika Respublikasi hududida chaqaloqlar va bog‘cha yoshidagi bolalar o‘limining bir foizdan ortig‘i ota-onalari yoki qarindoshlarining qasddan harakati natijasida yuz beradi. Bu haqda olimlar PLoS Medicine jurnalida chop etilgan ikki maqolada ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Keyptaundagi Tibbiy tadqiqot markazidan Naimax Abraxams va uning hamkasblari bolalar o‘limi sabablarini o‘rgana turib, JARda har yili ota-onalar 500 ga yaqin chaqaloq va bog‘cha yoshidagi bolalarni o‘ldirishini aniqladi.
Bolalar o‘limining bir foizga yaqini kasallik yoki rivojlanishdagi muammolar tufayli emas, ota-onalarining harakatlari oqibatida yuz berishi aniqlandi. Aksariyat holatlarda (86 foiz) ota-onalar bolani shunchaki ko‘chada qoldirib ketgan, oqibatda bola ochlik yoki boshqa sabablardan halok bo‘lgan. Boshqa hollarda bolaga dastlab azob berib, keyin uni o‘tmas buyumlar bilan urib yoki bo‘g‘ib o‘ldirilgan.
Olimlarning taxminicha, bu kabi jinoyatlar istalmagan homiladorlik, bolani ochlik va yetishmovchilik bilan bog‘liq qiyinchiliklardan xalos etish istagi tufayli amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)