Bugun, 27-aprel kuni Meksika sohili yaqinida 5,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda, AQSh geologiya boshqarmasiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Silkinishlar epitsentri Puerto-Madero shahridan 61 kilometr janubi-g‘arbida joylashgan edi. Tabiiy ofat o‘chog‘i 35 kilometr chuqurlikda bo‘lgani aytilmoqda.
Vayronaliklar va qurbonlar haqida ma’lumot berilmadi.
Bir necha kun oldin shu hududda 5,7 magnitudali yer qimirlashi qayd etilgan edi.