Hindiston janubi-g‘arbidagi Karnataka shtatida avtoriksha yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi. yo‘l-transport hodisasi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi, besh kishi yaralandi. Bu haqda, Hindustan Times gazetasi ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar beradi.
Hodisa 25-aprel, dushanba kuni mahalliy vaqti bilan 18:45 da Koppal shahri yaqinida yuz bergan. Avtoriksha Koppal—Kuknur yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan edi. Politsiyaning ma’lum qilishicha, barcha qurbonlar, jumladan, to‘qqiz nafar ayol voqea joyida halok bo‘lgan. Besh kishi shifoxonaga yotqizilgan, ulardan birining ahvoli og‘ir ekanligi ma’lum qilingan.
Avariya sababi aniqlanmoqda.
Politsiyaning ta’kidlashicha, yo‘l-transport hodisasidan so‘ng yuk mashinasining haydovchisi voqea joyidan yashiringan.
Izoh (0)