AQShning Inglvud shahrida boks bo‘yicha WBA (Super), IBF va WBC versiyalarining o‘rta vazn toifasidagi jahon chempioni, qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin va 25 yoshli AQSh vakili Dominik Ueyd o‘rtasida jang bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Sport-Ekspress”.
34 yoshli qozog‘istonlik bokschi jangning 2-raundida raqibini nokautga uchratib, g‘alaba qozondi. 1-raundning o‘zida Dominik Ueyd nokdaun holatiga tushgan edi.
Amerikalik bokschi professional faoliyatidagi 19-jangida ilk mag‘lubiyatini qabul qildi. Bundan avval u 18 ta bellashuvning barchasida raqiblarini taslim qilgan edi (12 tasida — nokaut bilan). Gennadiy Golovkin esa o‘tkazilgan 35 ta jangning hammasida zafar quchgan (32 tasida — nokaut bilan).
Izoh (0)