Xitoydagi eng mashhur videobloger Papi Jiang birinchi marta 30 soniya davom etuvchi reklama roligini 3,4 million dollarga sotdi. Bu haqda, Quartz portali ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar beradi.
Kosmetika va go‘zallikka ixtisoslashgan ko‘p sonli bloger qizlardan farqli ravishda Jiang kundalik hayot, munosabatlar va ijtimoiy masalalar bilan bog‘liq hajviy videolari bilan mashhur.
Qizning haqoratli so‘zlardan ko‘p foydalanishi hatto Xitoy hukumatining noroziligiga sabab bo‘lgan.
Eng omadli blogerning kanalidagi reklamani kosmetika sotuvchi kompaniya yutib oldi.
Izoh (0)