Rossiyada 25–28-aprel kunlari favqulodda vaziyat amal qiladi. Bu haqda, favqulodda vaziyatlar vazirligiga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Bu chora toshqin va yong‘inlarga qarshi kurash bo‘yicha keng miqyosli o‘quvlarning o‘tkazilishi bilan bog‘liq.
O‘quvlar davomida favqulodda vaziyatlar vaziri Vladimir Puchkovning buyrug‘iga ko‘ra barcha federal okruglarga ishchi guruhlar yo‘llanadi. Guruhlarga vazir o‘rinbosarlari boshchilik qiladi.
Izoh (0)