“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Vilyarreal”ga qarshi (3:0) o‘yinda olgan jarohatidan so‘ng 22-aprel, juma kuni Moralexa klinikasida tibbiy ko‘rikdan o‘tdi, deb xabar beradi Marca.
Tekshiruv natijasiga ko‘ra, Ronalduning o‘ng oyoq son qismidagi mushaklari shikastlangan va u 23-aprel, shanba kuni “Rayo Valyekano”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Jarohat jiddiy bo‘lmagani uchun portugaliyalik hujumchi “Manchester Siti”ga qarshi Yevropa Chempionlar Ligasi yarim final dastlabki o‘yinida maydonga tushishi kutilmoqda.
Avvalroq 31 yoshli futbolchi olingan jarohatiga qaramay o‘zini yaxshi his qilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” – “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv 26-aprel, seshanba kuni Manchester shahrida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)