Madridning “Real” jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan “Vilyarreal”ga qarshi (3:0) o‘yindan so‘ng klub hujumchisi Krishtianu Ronalduni jarohatlardan saqlash kerakligini ta’kidladi, deb xabar beradi “Sports.ru”.
“Vilyarreal” bilan o‘yinda portugaliyalik hujumchi sonidan olgan yengil jarohati tufayli uchrashuvning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarda maydonni tark etishga majbur bo‘lgandi.
“Ronaldu katta hajmdagi ishni bajaradi, jamoa uchun ishlaydi. Hamma buni e’tirof etadi. U nafaqat gol uradi, balki himoyaga ham yordam beradi. Biz himoyadan hujumga o‘tib yaxshi o‘ynay oladigan jamoaga qarshi bahs olib bordik, ammo ularda bugun imkon bo‘lmadi”, – dedi Zidan.
“Ba’zida Ronalduni ertaroq zaxiraga olmaganim uchun afsuslanaman. Vaqti-vaqti bilan u dam olishi kerak. Biroq Krishtianu maydonga tushishni va doimo bor kuchini berishga tayyor futbolchilar sirasiga kiradi”, – deb qo‘shimcha qildi fransiyalik murabbiy.
Izoh (0)