Madridning “Atletiko” jamoasi hujumchisi Fernando Torres o‘z faoliyati davomidagi eng yaxshi gollar seriyasini urishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Jamoaning “Atletik”ka qarshi bahsida Torresning yagona goli o‘yin taqdirini hal qildi.
“Chelsi” va “Milan”dagi muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng futbolchi yana ko‘plab gollar ura boshladi. Ispaniyalik 32 yoshli hujumchi maydonga tushgan so‘nggi besh o‘yinini golsiz tark etmayapti. U “Betis” (5:1), “Barselona” (1:2), “Espanyol” (3:1), “Granada” (3:0) va “Atletik Bilbao”ga (1:0) qarshi o‘yinlarda bittadan gol kiritdi.
Ilgari u bunday natija qayd qilmagan edi.
Izoh (0)