Oslo okrug sudi 2011-yilda 77 kishini o‘ldirgan norvegiyalik millatchi Anders Breyvikning hisbda saqlanish shart-sharoitlarini g‘ayriinsoniy deb topdi. Qamoqxonada jinoyatchining huquqlari buzilgani bois davlat 330 ming krona yoki 40 ming dollar miqdoridagi sud chiqimlarini to‘lab beradigan bo‘ldi, deb xabar qildi “RBK”.
Ayni paytda da’vogarning talablarini qisman qondirgan sud Norvegiya rasmiylari Breyvikning shaxsiy va oilaviy hayot bilan bog‘liq huquqlarini buzmaganini e’tirof etdi.
Breyvik 2016-yilning martida sudga murojaat qilib, qamoqxonada unga nisbatan inson g‘ururini tahqirlaydigan munosabatda bo‘linayotgani ustidan shikoyat qilgan edi.
Breyvik sudga birinchi marta shikoyat bilan chiqishi emas. O‘tgan yili u hibsda yolg‘iz saqlanayotganidan va xat yozish erkinligi cheklanayotganidan arz qilgan edi.
Izoh (0)