Oq uy rasmiy vakili Josh Ernestning ma’lum qilishicha, AQSh rahbariyati Saudiya Arabistonining 2001-yil 11-sentabrdagi teraktlarga aloqadorligi yuzasidan ishonchli dalillarga ega emas. Bu haqda, Reuters agentligi ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
“11-sentabr teraktlari bo‘yicha komissiya hisoboti chop etildi. Unda Saudiya Arabistoni yoki saudiyalik yuqori mansab vakillarining fitnachilarni qo‘llab-quvvatlaganligini ko‘rsatuvchi dalillar mavjud emas”, — deydi u.
Avvalroq AQSh senatorlari Obamadan Saudiya Arabistonining 11-sentabr teraktlariga aloqasi haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilish talab etilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Nyu-York sudi Eronga 2001-yilning 11-sentabridagi teraktlar natijasida halok bo‘lganlarning oilalari, shuningdek, sug‘urta kompaniyalariga zararni qoplash tariqasida 10,5 milliard dollardan ortiq mablag‘ni to‘lash majburiyatini yuklagan edi.
Izoh (0)