Kaspiy dengizida 20-aprel, chorshanbaga o‘tar kechasi 4,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Qozog‘iston geofizik tadqiqotlar institutining seysmik ma’lumotlarni to‘plash markazining ma’lum qilishicha, yer silkinishining epimarkazi Aktau shahridan 184 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan.
Epimarkaz 40,03 daraja shimoliy kenglikda va 50,69 daraja sharqiy uzunlikda joylashganligi qayd etilgan.
Izoh (0)