Barselonalik kompyuter muhandisi Diyego Buendia Twitter’da “Don Kixot” romanini deyarli to‘liq e’lon qildi. Buning uchun u asar matnini 17 mingdan ko‘proq qisqa postinglarga bo‘lib chiqdi, deb xabar beradi “Phys.org”.
Pensiyada bo‘lgan 55 yoshli erkak maxsus algoritm yaratib, uning yordamida romanni har birida belgilar soni 140 tadan oshmaydigan qismlarga bo‘lib chiqdi. U mikrobloging xizmatidagi maxsus ochilgan akkauntda kuniga 28 tadan parcha e’lon qilib bordi. Bu sahifaga sakkiz mingdan ortiq foydalanuvchi, shu jumladan, Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoy obuna bo‘ldi.
Oxirgi tvit 22-aprelda, roman muallifi Migel Servantes vafot etganiga 400 yil to‘ladigan kuni joylashtiriladi.
Migel Servantesning mashhur “Don Kixot” (“Lamanchlik uddaburron idalgo Don Kixot”) romanining birinchi tomi 1605-yilda, ikkinchi tomi esa 1615-yilda chop etilgan. Asar dunyoning barcha asosiy tillariga o‘girilgan, uning asosida spektakl va myuzikllar qo‘yilgan, shuningdek, 50 dan film va seriallar ishlangan.
Izoh (0)