Ekvadordagi kuchli zilzila qurbonlari soni 525 kishiga yetdi. Bu haqda, mamlakat bosh prokuraturasi ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar beradi.
Avvalroq yer silkinishi oqibatida 413 kishining halok bo‘lganligi haqida ma’lum qilingan edi.
16-aprel kuni Ekvadorda 7,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Uning markazi Muisne aholi punktidan 28 kilometr janubi-sharqda, o‘chog‘i 20,2 kilometr chuqurlikda joylashdi. Tabiiy ofat oqibatida ko‘p qavatli mehmonxonalar, restoranlar va turar-joy binolari qulab ketgan.
Eng ko‘p qurbonlar Pedernales shahrida qayd etilgan. U yerda 159 kishi halok bo‘lgan. Mantadan 158 kishining, Portovyexo shahridan esa 118 kishining jasadi topilgan.
Izoh (0)