Ekvadorning janubi-g‘arbiy sohillarida 15,4 kilometr chuqurlikda 5,5 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmati ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Yer silkinishi yuz bergan hududdan eng yaqin aholi punkti, Muisne sohilbo‘yi posyolkasigacha bo‘lgan masofa to‘rt kilometrni tashkil etadi.
16-aprel kuni yuz bergan 7,8 magnitudali zilzilaning epimarkazi Muisnedan 28 kilometr masofada joylashgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Ekvador hukumati 16-aprel kuni yuz bergan halokatli zilzila qurbonlari soni 525 kishiga yetganligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)