AQSh davlat kotibi Jon Kerri Misr poytaxti Qohirada mamlakat rahbariyati bilan ikki tomonlama munosabatlar va mintaqadagi vaziyat yuzasidan fikr almashdi. “TASS”ning Muhit portaliga tayanib ma’lum qilishicha, Kerri Qohirada bir necha soat bo‘lib, Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy va tashqi ishlar vaziri Sameh Shukriy bilan uchrashdi.
Muzokaralardan so‘ng Kerri matbuot vakillari oldiga chiqishi rejalashtirilgan edi. Ammo uning ish tartibi tig‘izligi sababi bilan matbuot anjumani bekor qilindi.
Kerri Qohiradan to‘g‘ri Saudiya Arabistoni poytaxti ar-Riyodga yo‘l oldi. U yerda davlat kotibi Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi sammitida ishtirok etish uchun yetib kelgan AQSh prezidenti Barak Obamaga qo‘shiladi.
Izoh (0)