Apple kompaniyasi Tesla Motors’ning avtomobillar ishlab chiqarish bo‘yicha sobiq vitse-prezidentini ishga oldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
Kris Porritt Apple’da avtomobil loyihasini boshqarishi va avvalroq kompaniyani tark etgan Stiv Zadeskining o‘rnini egallashi mumkin. Apple’ning elektromobil yaratish bo‘yicha loyihasi Project Titan deb nomlanadi, biroq kompaniya avtomobil ishlab chiqarish haqida hech narsa ma’lum qilmagan.
Bungacha Porritt Land Rover’da ishlagan va Aston Martin’ning bosh muhandisi bo‘lgan. U One-77, V12 Zagato va DB9 kabi avtomobillarning yaratilishi bo‘yicha javobgar bo‘lgan. Tesla’da esa Model S, X va 3 avtomobillarining ishlab chiqarilishida faoliyat ko‘rsatgan.
Izoh (0)