G‘arb OAVlari taniqli aktrisa va rejissor Anjelina Jolining qiyofadoshini topdi, deb yozadi “Gazeta.ru”. U yaqinda teleyulduz Kayli Jennerning kosmetik kompaniyasi reklamasida Joliga juda o‘xshash qiyofada namoyon bo‘lgan model Mara Teygen bo‘ldi.
Bungacha u Milani Cosmetics va Frankie’s Bikinis kompaniyalari uchun ishlagan. Shunisi qiziqki, avval o‘xshashlikni hech kim sezmagan: Teygenning Instagram’dagi yarim milliondan ortiq obunachilari uni rossiyalik model Irina Sheyk, Bratz qo‘g‘irchog‘i va, hatto, avstraliyalik qo‘shiqchi Natali Imbrulya bilan qiyoslashgan edi.
Izoh (0)