Avstraliya sudi aktrisa Ember Xerdga mamlakatga ikkita itni noqonuniy olib kirgani uchun bir oylik sinov muddati belgiladi. Xerd oldinroq o‘zi va turmush o‘rtog‘i, aktyor Jonni Deppga tegishli itlar to‘g‘risidagi ma’lumotni kirish hujjatlariga kiritmaganlikdagi aybini tan olgandi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.