“Real” yarim himoyachisi Garet Beyl kichik jarohat tufayli “Vilyarreal”ga qarshi Ispaniya chempionati 34-turini o‘tkazib yuboradi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
“Beyl ‘Vilyarreal’ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Umid qilamanki, u bundan keyingi o‘yingacha jarohatidan tiklanadi. Jarohat og‘ir emas. Bundan ortiq hech narsa ayta olmayman, chunki men shifokor emasman. Karvaxal ham ‘Vilyarreal’ bilan o‘yinda maydonga tushmaydi”, – deb ma’lum qildi “Real” ustozi Zinedin Zidan.
“Real” – “Vilyarreal” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 21-aprelga o‘tar kechasi, 01:00 da boshlanadi.
Izoh (0)