“Chelsi”, “Inter” va “Real” sobiq murabbiyi Joze Mourinyo haqiqatan ham “Manchester Yunayted”ga rahbarlik qiladi, ammo klub bilan shartnoma imzolaganicha yo‘q, deya xabar bermoqda “Chempionat” Manchester Evening News’ga tayanib.
Avvalroq Germaniyaning Bild nashri portugaliyalik mutaxassis “Manchester Yunayted” klubi bilan 2019-yilgacha shartnoma tuzganini ma’lum qilgan edi. Bundan tashqari, jamoa sobiq murabbiyi Aleks Fergyuson “MYu” rahbariyatiga ushbu lavozimga Rayan Giggzni tayinlashni tavsiya etgan, biroq boshliqlar Mourinyoning nomzodiga kelib to‘xtalgan.
Ayni paytda “Manchester Yunayted” 33 ta matchda 56 ochko to‘plab, Angliya premyer-ligasida beshinchi o‘rinni egallamoqda.
Izoh (0)