Rossiyaning “Lyube” musiqiy guruhi bas-gitarachisi Pavel Usanov 19-aprel, seshanba kuni miya jarohati oqibatida shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda “MK.ru” xabar berdi.
Usanov Moskvada noma’lum shaxslar tomonidan kaltaklangan edi. Og‘ir ahvolda Sklifosovskiy nomidagi institut reanimatsiyasiga yotqizilgan sozandaning hayotini saqlab qolish imkoni bo‘lmadi.
Pavel Usanov 1975-yilda tug‘ilgan. U 1996-yilda “Lyube”ning o‘sha paytdagi bas-gitarachisi Aleksandr Nikolayevning fojiali o‘limidan so‘ng guruhga qo‘shilgan edi. Bundan tashqari, Usanov “Vstrechniy boy” rok guruhining asoschisi va badiiy rahbari hisoblanadi.
Izoh (0)