Hindiston poytaxtida o‘tgan kecha, 18-aprel kuni gaz ballonining portlab ketishi oqibatida kamida olti kishi halok bo‘ldi, 34 kishi yaralandi. Bu haqda, Nyu-Deli politsiyasi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Maishiy gaz balloni shaharning sharqiy qismidagi Gandi Nagar tumanida 18-aprel kuni tunda portlab ketgan. Portlash oqibatida ikkita turar-joy binosi qulab ketgan va yong‘in qo‘shni binolarga ham o‘tgan.
Yettita o‘t o‘chirish jamoasi to‘rt soatdan so‘ng yong‘inni o‘chirishga muvaffaq bo‘lgan.
Izoh (0)