Namangan viloyatida ayrim mahalliy hokimliklar tomonidan noqonuniy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Ikromjon Iskanovga asoslanib, “Namangan haqiqati” gazetasi ma’lum qildi, deya xabar beradi “V1.uz”.
Xususan, Chust tuman arxitektura va qurilish bo‘limi boshlig‘i N. Abdulaxatov bo‘limga tuman hokimligi orqali kelib tushgan 10 ta arizani belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqmagan. 5 ta ariza bo‘yicha fuqarolarga tadbirkorlik uchun yer maydoni ajratish bo‘yicha chora ko‘rmay, davlat xizmati ko‘rsatish tartibini buzgan.
Tekshirish yakunlariga ko‘ra, qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan aybdor shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Izoh (0)