JARning Kvazulu-Natal provinsiyasida joylashgan oltin qazib olinuvchi Klipval konida yuz bergan portlash va o‘pirilish tufayli besh nafar nolegal konchi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Birrell Mining kompaniyasi rahbari Lloyd Birellning ma’lum qilishicha, konning bir necha yildan buyon yopiq qismiga kechasi 13 kishi tushgan.
“Nolegal konchilardan besh nafari halok bo‘lgan, sakkiz nafari yuqoriga chiqishga erishgan, ulardan uch nafari qo‘lga olingan”, — dedi Birrell.
Qutqaruvchilar o‘pirilish yuz bergan joyni topish uchun yetti soat vaqt sarfladi. Birellning ma’lum qilishicha, nolegal konchilar ruda qazib olish uchun portlovchi moddadan foydalangan.
Izoh (0)