Qozog‘iston telekanallaridan biridagi “Yulduzlar yarqiraydi” nomli ko‘rsatuvda “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi faoliyati e’tirof etildi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar berdi.
Ko‘rsatuvda Qozog‘istonning ochiq-sochiq kiyinadigan estrada xonandalari tanqid qilingan, O‘zbekistonda xonandalarning o‘zini tutishi va kiyinishi “O‘zbeknavo” nazorati ostida ekanligi ta’kidlangan.
Shuningdek, litsenziyada nazarda tutilgan talablarni bajarmaganligi uchun ogohlantirilgan yoki litsenziyasidan mahrum etilgan o‘zbekistonlik san’atkorlar ham sanab o‘tilgan.
“Sayyod.com”ning bir necha yildan beri Qozog‘istonda ijod qilib kelayotgan “Sahar” guruhi yakkaxoni Anvar Jo‘rayevga asoslanib yozishicha, Qozog‘istonda “O‘zbeknavo”ga muqobil tashkilot yo‘q, mamlakatda xonandalar faoliyati O‘zbekistondagi kabi nazorat qilinmaydi va san’atkor xonandalik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun litsenziya olishi shart emas.
Izoh (0)