Aktrisa Dilnoza Kubayeva “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida o‘g‘li Muhammadamin haqida so‘zlab berdi.
“O‘g‘lim Muhammadamin birinchi sinfni tamomlayapti. Musiqa va san’at maktabida o‘qiydi. Uning eshitish qobiliyati kuchli. Shu bois, poydevorini musiqa, san’at bilan mustahkam qilishni istadim”, — deydi aktrisa.
“Sozlarni chalishga ham qiziqishi bor. Kelajakda san’at sohasini tanlasa ham, qarshiligim yo‘q. Eng qizig‘i, o‘g‘lim o‘zimga o‘xshagan chapaqay. Faqat ovqatlanishda o‘ng qo‘lni ishlatishga o‘rgatyapman”, — deya qo‘shimcha qildi Dilnoza Kubayeva.
Izoh (0)