O‘tgan yili O‘zbekiston mahallalarida 84 mingdan ortiq tadbirkorlik subyekti ish boshladi, shuningdek, mahallaning ko‘magi va kafilligi asosida chevarlarga imtiyozli kreditlar olib berildi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.
Toshkent shahrining Uchtepa tumani O‘rikzor mahallasida ellikka yaqin kichik biznes subyekti faoliyat yuritmoqda. Tikuvchilik sexlari, sartaroshxonalar, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan savdo qiluvchi do‘konlar, oshxonalar, dorixonalar, poyabzal ustaxonasi, qariyalar oromgohi kabilar shular jumlasidandir.
Mahallalarda to‘plangan ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, yig‘in xodimlarini munosib rag‘batlantirish maqsadida har yili an’anaviy tarzda “Eng namunali fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari” ko‘rik-tanlovi o‘tkazib kelinmoqda.
Izoh (0)